Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkentda taroveh namozi vaqtida bir qancha ko‘chalar yopiladi

Chop etish Sahifani ulashish
28.02.2025 2000 Yangiliklar

Toshkent shahrida 28-fevraldan boshlab taroveh namozi o‘qiladigan vaqtda — soat 18:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi quyidagi yo‘llarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

 

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:

 

Tepa masjidi – Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

 

Bektemir tumani bo‘yicha:

 

Alibek masjidi – M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

 

Yashnobod tumani bo‘yicha:

 

Islom ota masjidi – Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi.

 

Ali ibn Abu Tolib masjidi – Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

 

Mirobod tumani bo‘yicha:

 

Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi - Yangi-Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

 

Qo‘yliq ota masjidi - TXAY-Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

 

Sergeli tumani bo‘yicha:

 

Ma’ruf ota masjidi - Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

 

No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi - Yangi Sergeli – S.Xo‘janov ko‘chalari kesishmasidan – S.Xo‘janov Mohidil ko‘chalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi.

 

Yakkasaroy tumani bo‘yicha:

 

Usmon bin Ma’zum masjidi - KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY – Qushbegi chorraxasigacha qadar harakat cheklanadi.

 

Yakkasaroy masjidi - Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘u bo‘ston chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

 

Rakat masjidi – J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

 

Yangihayot tumani bo‘yicha:

 

Niyozmat ota masjidi – TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.

 

Shayxontoxur tumani bo‘yicha:

 

Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi – Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

 

Kamolon masjidi – Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

 

Olmazor tumani bo‘yicha:

 

Hazrati imom masjidi – Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

 

Islomobod masjidi – KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

 

Do‘stjonboy (Sulola) masjidi – Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li – Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

 

Yunusobod tumani bo‘yicha:

 

Mirza Yusuf masjidi – Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

 

Uchtepa tumani bo‘yicha:

 

Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi – Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

 

Xazrati Ali masjidi – Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshari ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.

 

Chilonzor tumani bo‘yicha:

 

Novza masjidi – Bunyodkor-Muqumiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar harakat cheklanadi.

 

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi – Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

 

Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi – Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy – Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.

 

Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.